Timur Underwing Moth
ssp. timur A. Bang-Haas
Maqomi: 2 (VU:D): Eron-Turon turining zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan, janubiy Turon kenja turi.
Tarqalishi: Zarafshon d. quyi oqimi. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turk maniston, Xitoy (Shinjon). Eronda – boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Tekislik daryolari bo‘yidagi turang‘ili to‘qay va daraxtzorlar.
Soni: Hamma joyda kam va uzluksiz kamayib bormoqda. O‘zbekistonda kam topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Yilda 1 marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi– iyun-iyulda, tunlari. Qurtlari aprelda turang‘ida (Populus pruinosa) rivojlanadi, katta yoshdagilari qishlaydi va kelgusi yilning aprelida qo‘shimcha oziqlanadi. Turang‘ining ko‘chgan po‘stlog‘i ostida yumshoq pilla ichida g‘umbakka aylanadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik faoliyati oqibatida to‘qaylarning kesib tashlanishi.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar: [37, 38, 47, 99, 125, 152]. A.V-A. Kreysberg
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009