Eremochares mirabilis (Gussakovskij, 1928)
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Eron-Turon turi.
Tarqalishi: Janubi-g‘arbiy Qizilqum, Buxoro, Xiva sh. atroflari. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Eron, Turkmaniston.
Yashash joylari: Cho‘llarning qumli va sho‘rxok hududlari.
Soni: Hamma joyda kam. Yakka nusxalari uchraydi.
Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – iyun-avgustda. Urg‘ochilari chigirtkasimonlarni (Acridoidea) ovlaydi, ularni falajlab yerda kovlangan iniga joylashtiradi, so‘ng ulardan biriga tuxum qo‘yadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maqsadlarida cho‘l-qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, haydash, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar: [8, 9, 33]. V.L. Kazenas
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009