← Umurtqasizlar
Shumtol arvohkapalagi Shumtol arvohkapalagi Shumtol arvohkapalagi
Umurtqasizlar
Yangi

Shumtol arvohkapalagi

Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Ashen Sphinx

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kam yob, lokal tarqalgan Janubiy Turkiston-Transhimoloy turi.

Tarqalishi: Sangardakdaryoning yuqori qismi (Hisor t.). O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Afg‘oniston, Hindiston.

Yashash joylari: Yonbag‘irlari keng yaproqli daraxtzor va o‘tloqlar bilan qoplangan o‘rta balandlikdagi (d.s.b. 1100-2100 m) tog‘ daralari.

Soni: Hamma joyda kam. O‘zbekistonda bir necha topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Yiliga ikki marta to‘liq va bir marta qisman nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi maydan sentyabrgacha (tunda). Qurtlari Sug‘d shumtolida (Fraxinis sogdiana) bir oycha rivojlanadi. Soya va nam joylarda tuproqning yuqori qatlamlarida g‘umbakka aylanadi. Kuzgi qurtlarining g‘umbaklari qishlaydi.

Cheklovchi omillar: Daraxt va butalar, xususan, ozuqa o‘simligining kesib tashlanishi.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish, tabiiy shumtolzorlarni muhofaza ostiga olish lozim.

Manbalar: [13-15, 37, 38, 116, 117, 127]. A.V-A. Kreysberg

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009