← Baliqlar
Sirdaryo kurakburuni Sirdaryo kurakburuni Sirdaryo kurakburuni
Baliqlar
Yangi

Sirdaryo kurakburuni

Pseudoscaphirhynchus fedtschenkoi
Maqomi 1 (CR) — Yo‘qolish arafasida
CR — Critically Endangered (IUCN xalqaro toifasi)

Pseudoscaphirhynchus fedtschenkoi (Kessler, 1872)

Maqomi: 1 (CR): Sirdaryoning butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan endemik relikt turi. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan [CR].

Tarqalishi: Ilgari Sirdaryoning boshidan etagigacha uchrar edi. Hozirda daryoning yuqori qismidagina saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston va Tojikiston.

Yashash joylari: Daryoning chuqurligi 1,5- 2 metr, tubi qumli va loyli joylari. Loyqa oqar suvlarda yashaydi.

Soni: 1959 yildan keyin 20 ta atrofida (oxirgi marta – 1968 yilda) tutilgan.

Yashash tarzi: Yetarlicha o‘rganilmagan. Daryolarda turg‘un hayot kechiradigan baliq. 6 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi – aprel oyida. Serpushtligi – 850-3800 uvuldiriq. Asosan suv hasharotlarining lichinkalari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Sirdaryo oqimini sunʼiy tartiblashtirish natijasida tabiiy suv rejimining o‘zgarishi va suvining ifloslanishi, ko‘payish sharoitlarining buzilishi, brakonyerlik.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Saqlanib qolgan baliqlarni topish, ularni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish, tur topilgan joylarda suv qo‘riqxonalari tashkil qilish lozim.

Manbalar: [9, 10, 11, 16, 18, 19, 24, 26, 34, 45, 47, 62, 63]. U.T. Mirzayev.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009