← Baliqlar
Amudaryo gulbalig‘i
Baliqlar

Amudaryo gulbalig‘i

Salmo trutta
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
Salmo trutta Linnaeus, 1758 
ssp. oxianus Kessler, 1874
Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, Amudaryo endemik relikt kenja turi.
Tarqalishi: Amudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo, Sangardak va Toʼpolang daryolari havzalari); Tanxozdaryoga keltirilgan, Qoradaryo va Norinda iqlimlashtirilgan. Oʼzbekistondan tashqarida: Qirgʼiziston (iqlimlashtirilgan), Tojikiston, Afgʼoniston. Orol, Kaspiy, Qora, Boltiq, Barents va Oq dengizlar havzalari- da, Janubiy Yevropa, AQShda (iqlimlashtirilgan) - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari: Tez oqadigan, suvi sovuq va tubi tosh-shagʼalli togʼ daryolari.
Soni: Ilgari koʼp boʼlgan, keyingi oʼn yilliklar davomida keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi: Togʼ daryolari baligʼi. 3-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi - sentyabr-oktyabrda. Serpushtliligi - 160-3000 uvildiriq atrofida. Asosan suv hasharotlarining lichinkalari, mollyuskalar, yiriklari esa baliqlar bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar: Daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining oʼzgarishi va uning ifloslanishi, rekreatsion faoliyat, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.
Muhofaza choralari: Hisor qoʼriqxonasida muhofaza qilinadi. Yashash joylarida muhofaza tartibini oʼrnatish, Sargardak va Toʼpolang daryolarining yuqori qismida (Aygʼirkoʼl) suv qoʼriqxonasini tashkil qilish lozim.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009