← Baliqlar
Orol sanchari (tikanbaliq, itbaliq)
Baliqlar

Orol sanchari (tikanbaliq, itbaliq)

Pungitius platygaster
Maqomi 3 (NT) — Kamyob

Pungitius platygaster (Kessler, 1859)

ssp. aralensis (Kessler, 1874)


Maqomi. 3(NT): Yoʼq boʼlib ketish ehtimoliga yaqin Orol endemik kenja turi.

Tarqalishi: Amudaryoning quyi qismi; oʼtmishda - Orol dengizi.

Oʼzbekistondan tashqarida:Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkmaniston. Qora, Azov va Kaspiy dengizlarining suvi chuchuklashgan qismlarida - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari:Chuchuk, hamda shoʼr suvlarda yashaydi, oqmas yoki tinch oqimli suv havzalarni afzal koʼradi.

Soni: Ilgari koʼp boʼlgan edi, keyingi oʼn yilliklar davomida arealining maʼlum qismida sonining uzluksiz qisqarib borayotgani qayd

etilgan.

Yashash tarzi: Oʼtroq yashaydigan baliq. Jinsiy voyaga 1 yoshda yetadi. Urchishi - aprel-mayda. Serpushtliligi - 250 dona uvildiriq atrofida. Asosan suv hasharotlarining lichinkalari va ayrim suv boʼgʼimoyoqlilari bilan ovqatlanadi.

Cheklovchi omillar: Suv havzalarida suv rejimining oʼzgarishi va suvning ifloslanishi; Orol dengizi sathining pasayishi va suvining shoʼrlanishi; kelgindi baliqlar raqobati.

Koʼpaytirish:Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Mavjud a real i, sonini batafsil oʼrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish lozim.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009