← Baliqlar
Qorako‘z (oq sazan)
Baliqlar

Qorako‘z (oq sazan)

Abramis sapa
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
Abramis sapa (Pallas, 1811)
Maqomi:2(VU:D): Zaif,qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan tur.
Tarqalishi. Amudaryo va Sirdaryo havzalarining quyi va oʼrtaoqimlari. Oʼtmishda Orol dengizida ham boʼlgan.
Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Tojikiston, Turkmaniston, Kaspiy, Qora,Azov va Boltiq dengizlari havzalari.
Yashash joylari. Tubi qumli va toshloq suv havzalari.
Soni. Doim kam boʼlgan, keyingi oʼn yillar davomida yanadaqisqarib ketdi.
Yashash tarzi.Yarim oʼtkinchi baliq. 3-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi -martning oxiri-mayning boshlarida. Sertpushtliligi daryolarda - 5-10 ming, koʼl va suv omborlarida - 30 ming uvildiriq atrofida. Suv hasharotlarining lichinkalari, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va oʼsimliklar urugʼlari bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar. Orol den- gizi sathining pasayishi va suvi- ning shoʼrlanishi, daryolar oqimi- ning sunʼiy tartiblanishi va suvining kamayishi, uning iflosla- nishi; yashash va koʼpayish sharoitarining yomonlashishi.
Koʼpaytirish. Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari. Badaytoʼqay va Qizilqum qoʼriqxonalarida muhofaza qilinadi. Yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009