← Umurtqasizlar
Achchiqmiyaxo‘r karmin beruvchi qurt
Umurtqasizlar

Achchiqmiyaxo‘r karmin beruvchi qurt

Porphyrophora sophorae
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Porphyrophora sophorae (Archangelskaja, 1935)

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan endemik tur.

Tarqalishi: Samarqand vil., Fargʼona vodiysi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozogʼiston.

Yashash joylari: Yarimchoʼl mintaqasi, togʼ etaklari, daryo vodiylaridagi qumoq tuproqli va qattiq shoʼrlangan yerlar.

Soni: Ilgari koʼp uchragan, keyingi oʼn yillar davomida keskin kamayib ketgan. Bir necha oʼnlab hasharotlardan tashkil topgan toʼdalarda yashaydi.

Yashash tarzi: Achchiqmiya (Sophora [Vexibia] alo-pecuroides) va qizilmiya (Glycyrrhiza sp.) tomirlarida yashaydi. Yiliga bir marta nasl beradi. Iyun-iyulda mumsimon qattiq qobiq hosil qiladi. Erkaklarining uchishi va urgʼochilarining sistadan chiqishi, juftlashishi va tuxum yishi (50¬300 dona) - avgust-sentyabrda. Birinchi yoshdagi lichinkalari qishlaydi. Urugʼlantirilmagan urgʼochilari uzoq muddatli diapauzaga tushishlari mumkin. Karmin (qirmizi rang boʼyoq) beruvchi muhim manba. 

Cheklovchi omillar: Yarimchoʼl va togʼ etaklaridagi boʼz yerlarning xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan, haydash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009