Chlorion regale F. Smith, 1873
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, mozaik tarqalgan Eron-Turon relikt turi.
Tarqalishi: Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax vil. O‘zbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston.
Yashash joylari: Tekislik hamda past tog‘larning qum-tuproqli va shag‘alli hududlari.
Soni: Hamma joyda kam. Yakka nusxalari uchraydi.
Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi apreliyul oylarida, turli o‘simliklarning gullarida, asosan, yulg‘unda (Tamarix) oziqlanadi. Urg‘ochilari chirildoqlarni (Grillidae) ovlaydi, ularni falajlab yerdagi iniga joylashtiradi, so‘ng ulardan biriga tuxumini qo‘yadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maqsadlarida cho‘l-qo‘riqlarni o‘zlashtirish, xususan, shudgorlash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Nurota qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, hayot tarzi va sonini mukammal o‘rganish lozim.
Manbalar: [9, 29, 66, 110, 123, 133, 139]. D.B. Daminova
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009