← Sudralib yuruvchilar
Sharq bo‘g‘ma iloni Sharq bo‘g‘ma iloni Sharq bo‘g‘ma iloni
Sudralib yuruvchilar
Yangi

Sharq bo‘g‘ma iloni

Eryx tataricus
Maqomi 3 (NT) — Kamyob
NT — Near Threatened (IUCN xalqaro toifasi)

Eryx tataricus (Lichtenstein, 1823)

ssp. tataricus (Lichtenstein, 1823)

Maqomi: 3 (NT): Zaifga yaqin, mozaik tarqalgan kenja tur (1); lokal tarqalgan kenja tur (2).

Tarqalishi: Ustyurt platosi, Janubiy Orolbo‘yi, Vozrojdeniya yarimoroli, Markaziy Qizilqum, Zarafshon vodiysi, Qarshi cho‘li, Zarafshon tog‘i, Qashqadaryo, Jizzax viloyati (Zomin tumani), Sirdaryo viloyati cho‘llari, Toshkent viloyatidagi tog‘ yonbag‘irlari, Farg‘ona vodiysi (1); Surxondaryo viloyatining tekislik va tog‘oldi qismi (2). O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubi-sharqiy Turkmaniston, Eron, G‘arbiy Xitoy, Janubiy Mo‘g‘uliston (1); Tojikiston va Afg‘onistonning tog‘li hududlari (2).

Yashash joylari: Loyli va sariq tuproqli cho‘llar, yarim cho‘llar va tog‘ yonbag‘irlari, qum tepaliklar va barxanlar orasidagi pastlik lar, efemer o‘simlikli tepalik larning nishablari, buta o‘simliklari o‘sadigan toshlishag‘alli tog‘ yonbag‘irlari, sho‘ra-shuvoqli ochiq cho‘l maydonlari. Tog‘da d.s.b. 1500– 1600 metrgacha ko‘tariladi.

Soni: Maʼlumotlar yo‘q.

Yashash tarzi: Mart–aprelning boshidan to oktyabr–noyabrning boshigacha faol. Jazirama oylarda tunda va oqshomda faol hayot kechiradi. Kunduzi kemiruvchilar, toshbaqalar va boshqa inqazar jonivorlarning inlariga, buta o‘simliklarning tomiri ostiga yoki tomirlari yonida hosil bo‘lgan kovaklarga yashirinadi. Mart oyining oxiri va aprel oyida juftlashadi. Iyul–avgust oyida urg‘ochi ilon 10–21 ta bolalaydi. Ularning uzunligi 20 sm gacha yetishi mumkin. Kaltakesak, kemiruvchilar, mayda chumchuqsimon qushlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Yer maydonlarining xo‘jalik maqsadida o‘zlashtirilishi, brakon yerlik, eksport uchun haddan tashqari ko‘p ovlanishi.

Ko‘paytirish: Tutqunlikda muvaffaqiyatli ko‘paytirish mumkin.

Muhofaza choralari: Nurota, Zomin qo‘riqxonalarida, “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasida, Buxoro ixtisoslashgan “Jayron” pitomnigida muhofaza ostiga olingan. Mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish, sonini hisoblash ishlarini amalga oshirish lozim. SITESning II Ilovasiga kiritilgan.

Manbalar: [3, 7, 9, 12, 13, 15, 51, 86, 91]. T.V. Abduraupov

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009