← Sudralib yuruvchilar
Xentog‘ to‘garakboshi
Sudralib yuruvchilar

Xentog‘ to‘garakboshi

Phrynocephalus rossikowi
Maqomi 1 (EN) — Yo‘qolish arafasida
Phrynocephalus rossikowi Nikolsky, 1899
ssp. rossikowi Nikolsky, 1899
Maqomi: 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, lokal tarqalgan, endemik kenja tur.
Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi (Qoraqalpogʼiston, Xorazm vil.). 
Oʼzbekistondan tashqarida: ehtimol Turkmaniston shimoli. Markaziy Turkmanistonda-boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Shagʼalli choʼllarning oʼsimligi siyrak dagʼal tuproqli, baʼzan qumli hamda qumoq tuproqli qismlari.
Soni: 1970-1980 yillarda lokal populyatsiyalarda kuniga 30 tagacha hisobga olinar edi; hozirda
aksariyat yashash joylarida yoʼq boʼlib ketgan, qolganlarida sanoqlisi uchraydi.
Yashash tarzi: Fevraldan noyabrgacha faol, oʼz inida jon saqlaydi va qishlaydi. Juftlashishi - mart-aprelda. Yiliga 2-3 marta - may-iyunda - 5-tagacha tuxum qoʼyadi. Bolalari iyun-iyulda tuxumdan chiqadi, keyingi yil bahorda jinsiy voyaga yetadi. Mayda hasharotlar va oʼrgimchaksimonli- lar bilan 
Cheklovchi omillar: Choʼl zonalarida qoʼriqlarning oʼzlashtirilishi, xususan yerlarni sugʼorish, pestitsidlarni qoʼllash.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Saqlanib qolgan barcha lokal populyatsiyalarini aniqlash, muhofazasini va tutqinlikda koʼpaytirishni tashkillashtirish lozim

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009