← Sudralib yuruvchilar
Bettger Kaspiy to‘garakboshisi Bettger Kaspiy to‘garakboshisi Bettger Kaspiy to‘garakboshisi
Sudralib yuruvchilar
Yangi

Bettger Kaspiy to‘garakboshisi

Phrynocephalus raddei
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Phrynocephalus raddei Boettger, 1888

ssp. boettgeri

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, kamayib borayotgan endemik kenja tur.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyatining janubi. O‘zbekistondan tashqarida: Janubi-g‘arbiy Tojikiston va Sharqiy Turk maniston. Markaziy va G‘arbiy Turkmanistonda – boshqa kenja turi.

Yashash joylari: Gilli va taqir yerlarda yashaydi, baʼzan o‘simliklar siyrak o‘sadigan shag‘alli tuproqlarda ham uchratish mumkin. Sariq va shag‘al aralashgan sariq-qum tuproqli yerlarni afzal ko‘radi.

Soni: Kam sonli tur. Zichligi bir gektarga 8 tagachani tashkil qiladi.

Yashash tarzi: Fevral o‘rtasidan noyabr oyigacha faol. Boshpana sifatida o‘zi qazigan va uncha chuqur bo‘lmagan uyalardan foydalanadi. Mart-may oylarida juftlashadi. Bir mavsumda urg‘ochi to‘garakboshi ikki marta 2-6 tadan (ko‘pincha 4 ta) tuxum qo‘yadi. May oyining oxirida – iyun oyining boshida yangi to‘garakboshilar paydo bo‘ladi va kelgusi yilning bahorida jinsiy voyaga yetadi. Hasharotlar (asosan chumolilar), kapalak qurti va o‘rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Yashash joylari degradatsiyasi.

Ko‘paytirish: Amalga oshirilmagan.

Muhofaza choralari: Turning tarqalish doirasiga aniqlik kiritish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish va tutqunlikda ko‘paytirish zarur.

Manbalar: [7, 9, 12, 90] D.A. Nuridjanov

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009