Kohlia pavlowskii (Gussakovskij, 1952)
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Turon endemik tur.
Tarqalishi: Qizilqumning janubi, Tollimarjon sh. atrofi, Oloviddin tepaliklari (Qarshi cho‘li). O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozog‘iston.
Yashash joylari: Cho‘l va pastak tog‘larning qumli va tuproqli hududlari.
Soni: Hamma joyda kam. Yakka nusxalari uchraydi.
Yashash tarzi: Kam o‘rganilgan. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi iyun–avgust oylarida. Urg‘ochilari saratonlarni (Cicadinea) ovlaydi; tuproqqa in qo‘yadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maq sadlarida cho‘l zonasidagi qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar: [10, 72]. V.L. Kazenas
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009