← Umurtqasizlar
Eol
Umurtqasizlar

Eol

Lycaena aeolus
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Lycaena aeolus White, 1961

Maqomi: 2 (VU:R): ): Zaif, tabiatan kamyob, lokal endemik tur

Tarqalishi: Turkiston t. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Afgʼoniston.

Yashash joylari: Baland togʼ (d.s.b. 3000-3300 m) oʼtloqlarining shagʼal va tuproqli yonbagʼirlari.

Soni: Mavsum davomida 10-20 donagacha, baʼzi yillari atigi bir nechtasini uchratish mumkin.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Uchishi va tuxum qoʼyishi - iyul-avgustda; kapalaklarning uchish davri yildan yilga farq qiladi.

Cheklovchi omillar: Yaylovlardan chorvachilikda haddan tashqari koʼp foydalanish.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Zomin milliy bogʼida muhofaza qilinadi; yashash joylari, soni va yashash tarzini mukammal oʼrganish lozim.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009