Prionyx macula (Fabricius, 1804)
ssp. lugens Kohl, 1890
Maqomi: 2 (VU:R): G‘arbiy Palearktika turining zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Eron-Turon kenja turi.
Tarqalishi: Qizilqum cho‘li, Nurota, G‘arbiy Pomir-Oloy tog‘lari. O‘zbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Osiyoning g‘arbiy qismi. Shimoliy Afrikada – boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Tekislik va past tog‘larning qumli, tuproqli, sho‘rxok va shag‘alli hududlari; cho‘l daryolarining qayirlari.
Soni: Hamma joyda kam. Yakka nusxalari uchraydi.
Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – iyunavgust oylarida, turli o‘simliklarning gullarida, asosan, murakkabguldoshlarda (Asteraceae) oziqlanadi. Urg‘ochilari chigirtkasimonlarni (Acridoidea) ovlaydi, ularni falajlab, yerda kovlangan iniga joylashtiradi, so‘ng ulardan biriga tuxum qo‘yadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maq sadlarida cho‘l-qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Nurota qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, hayot tarzi va sonini mukammal o‘rganish lozim.
Manbalar: [10, 33, 36, 123]. V.L. Kazenas
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009