← Umurtqasizlar
Oltingugurtrang g‘ingpashsha Oltingugurtrang g‘ingpashsha Oltingugurtrang g‘ingpashsha
Umurtqasizlar
Yangi

Oltingugurtrang g‘ingpashsha

Spilomyia sulphurea
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Spilomyia sulphurea Sack, 1910

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan, Janubiy Turkiston endemik turi.

Tarqalishi: Hayot (Nurota t.), Samarqand sh. atroflari. O‘zbekistondan tashqarida: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston.

Yashash joylari: Keng yaproqli, ko‘pincha yong‘oqzor va turli mevali, kovakli va chirigan daraxtli tog‘ (d.s.b. 1300-1800 m) o‘rmonlari.

Soni: Nurota populyatsiyasida mavsumda 3-17 donagacha hisobga olingan.

Yashash tarzi: Yiliga bir necha marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – mayavgust oylarida. Daraxt va butalari siyrak, tog‘ yonbag‘irlardagi soyabonguldoshlar (Apiaceae) hamda murakkabguldoshlarning (Asteraceae) gullarida oziqlanadi. Lichinkalari nam qipiqlarda, eski daraxtlarning kovaklarida rivojlanadi; organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Eski kovakli daraxtlarni kesib tashlash, haddan tashqari ko‘p pichan tayyorlash, chorvachilikda yaylovdan meʼyoridan ortiq foydalanish.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Nurota qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan. Kovakli va qari daraxtlar kesilishini cheklash lozim.

Manbalar: [12, 23, 93, 109]. D.B. Daminova

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009