← Umurtqasizlar
Beshchiziqli g‘ingpashsha Beshchiziqli g‘ingpashsha Beshchiziqli g‘ingpashsha
Umurtqasizlar
Yangi

Beshchiziqli g‘ingpashsha

Lathyrophthalmus quinquelineatus
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Lathyrophthalmus quinquelineatus Fabricius, 1781

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal janubi-g‘arbiy Palearktika turi.

Tarqalishi: Oyoqg‘ujumdi atrofi (Janubi-g‘arbiy Qizilqum), Mo‘ynoq sh. atrofi. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Armaniston, Osiyoning g‘arbiy qismi, Janubiy Yevropa, Shimoliy va Sharqiy Afrika.

Yashash joylari: O‘zbekistonda: cho‘llardagi yer osti suvlari yaqin bo‘lgan pastliklarning ko‘kat va yulg‘unli to‘qaylari.

Soni: Oyoqg‘ujumdi atrofida bir necha topilmalar orqali maʼlum. Mo‘ynoq sh. atrofida 20-30 donagacha uchratish mumkin.

Yashash tarzi: Yiliga bir necha marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi mayoktyabr oylarida; yulg‘un (Tamarix) gullarida oziqlanadi; lichinkalari suv havzalarida rivojlanadi, organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Xo‘jalik faoliyati oqibatida ko‘kat va yulg‘unli to‘qaylar majmualarining yo‘q qilib yuborilishi.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.

Manbalar: [7, 11, 22, 24, 96]. D.B. Daminova

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009