Fedtschenkia Sapigid Wasp
Maqomi: 1 (EN): Yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan, Janubiy Turon endemik relikt turi.
Tarqalishi: Oyoqg‘ujumdi q. (Janubi-g‘arbiy Qizilqum) atroflari. O‘zbekistondan tashqarida: Turkmaniston.
Yashash joylari: Cho‘l zonasining qumtuproqli yerlari va tog‘ etaklari pasttekisliklaridagi hududlar.
Soni: Bir nechta topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Kam o‘rganilgan. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – may–iyulda; sho‘radoshlarning (Chenopodiaceae) gullarida oziqlanadi. Lichinkalari, turkumning boshqa turlari kabi qanoti yig‘iladigan arilarning (Vespoidea: Pterocheilus) inlarida parazitlik qilishi ehtimol tutiladi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maqsadlarida cho‘l-qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni va yashash tarzini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar: [72, 87]. D.A. Milko
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009