Phrynocephalus moltschanovi Nikolsky,
Maqomi: (DD): Maqomi jihatidan noaniq, toʼliq oʼrganilmagan Orolboʼyi endemik turi.
Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi (Qoraqalpogʼiston). Areali hozirgi ikki daryo oraligʼida boʼlgan Sirdaryo va Amudaryoning oʼtmishdagi deltalari (shimoliy Axchadaryo allyuvialdelta tekisligi)ni qamrab oladi. Beltogʼ tepaligining janubisharqiy qismida ham topilmalar aniqlangan. Oʼzbekistondan tashqarida: taxminan Qozogʼistonning chegaradosh hududlari.
Yashash joylari: Tipik sklerofil, qattiq tuproqda yashaydi. Kaltakesak taqir va oʼsimliklari kam boʼlgan shoʼrxoklarida koʼproq uchraydi.
Soni: Bir ga maydonda 1 dan 4 tagacha uchraydi.
Yashash tarzi: May va iyun oyi boshlarida sutkaning yorugʼ vaqti-da, soat 8 dan 20 gacha faol yashaydi. Oʼzining yuza inlarida jon saqlaydi; kunning issiq mahali va tunda butalar asosida yashirina-di. May-iyun oylarida juftlashishi kuzatilgan. 2-3 ta tuxum qoʼyadi, mavsum davomida urgʼochi ik-ki marta tuxum qoʼysa kerak. Hayotining birinchi yili yakunigacha jinsiy voyaga yetadi. Hasharotlar, asosan, chumolilar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Chorvalar haddan ziyod boqilishi natijasida yashash joylarining tanazzulga uchrashi.
Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.
Muhofaza choralari: Arealini batafsil aniqlash, ekologiyasini oʼrganish; turning yashash joylarida muhofazasini tashkil etish zarur.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009