← Sudralib yuruvchilar
Ko‘ndalang yo‘lli bo‘ritish ilon
Sudralib yuruvchilar

Ko‘ndalang yo‘lli bo‘ritish ilon

Lycodon striatus
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
Lycodon striatus (Schaw, 1802)
ssp. bicolor (Nikolsky, 1903)
Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabi- atan kamyob, lokal tarqalgan kenja tur.
Tarqalishi: Surxondaryo vil. janubi, Zarafshon, Turkiston, Nurota t., Toshkent vil. tekislik va tog` etaklari. 
O`zbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Afg`oniston, Pokiston va Hindiston shimoli. Pokiston va Hindistonning janubi, Shri-Lankada boshqa kenja turi.
Yashash joylari: Sog` tuproqli va toshli qiradirlar, siyrak yarimcho`l o`simliklari bilan qoplangan past tog`lar (d.s.b. 1800 metrgacha).
Soni: Barcha joyda kam sonli: O`zbekistonda sanoqli topilmalardan ma`lum.
Yashash tarzi: Aprel-oktyabrda tunlari faol, kunduzi tuproq yoriqlarida, toshlar ostida, eski paxsa devorlar kavagida, kemiruvchilar inlarida yashirinadi va o`sha erda qishlaydi ham. Taxminan may oyida juftlashadi, iyun-iyulda 2-5 ta tuxum qo`yadi. Mayda kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Erlarning o`zlashtirilishi.
Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Surxondaryo, Kitob va Nurota qo`riqxonalarida muhofaza ostiga olingan.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009