← Umurtqasizlar
Maksiminus Parnasius Maksiminus Parnasius Maksiminus Parnasius
Umurtqasizlar
Yangi

Maksiminus Parnasius

Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Parnassius maksiminus

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, tabiatan kam tarqalgan G‘arbiy Tyan-Shan endemik turi.

Tarqalishi: G‘arbiy Tyan-Shan; O‘zbekistonda Ugom, Qorjontov, Piskom, Ko‘ksuv, Chotqol, Qurama tog‘ tizmalarida. O‘zbe kistondan tashqarida: Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston.

Yashash joylari: 2500-3000 m mutlaq balandlikda (tog‘ yonbag‘irlarida, adirlar, archazorlar), odatda, o‘simliklar bilan qoplangan qoyalarda. Mozaik (kamyob) tarqalgan.

Soni: Har yerda kam miqdorda, hududlardagi tarqalish zichligi 1metrda 0,006, maksimum – 0,01 imago. Maksimal ko‘payishi iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi.

Yashash tarzi: Bir yilda bitta nasl beradi, may-iyun oylarida tuxum qo‘yadi. G‘umbakli pillalari tuproqda bo‘ladi (may-iyun), imagolari iyun-avgustda chiqadi. Tuxumlarini qurtlar oziqlanishi uchun o‘simliklarga yaqin uncha katta bo‘lmagan toshlarning tag qismlariga qo‘yadi. Odatda, tuxum qobiqlarini yorib chiqqan 1 yoshdagi qurtlari qishlaydi. Urg‘ochilari 50 tagacha tuxum qo‘yadi. Cheklovchi omillar: Chorva mollarining o‘tlashi natijasida soni kamayishi (ozuqa o‘simliklari va qurtlarning toptalishi), imagolarining nazoratsiz terilishi.

Ko‘paytirish: Tajribalarda ko‘paytirish mumkinligi tasdiq lan gan.

Muhofaza choralari: Chotqol qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofazaga olingan.

Manbalar: [40, 42, 113, 119 124]. D.B. Daminova

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009