Sceliphron shestakovi Gussakovskij, 1928
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Turon endemik relikt turi.
Tarqalishi: Turkiston, Qorjontov, Nurota t. O‘zbekistondan tashqarida: Turk maniston, Tojikiston, Qozog‘iston.
Yashash joylari: Tog‘ etaklari daryolarining vohalari, vodiylar.
Soni: Hamma joyda kam. Yakka nusxalari uchraydi.
Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – iyunavgust oylarida, turli o‘simliklarning gullarida, asosan, soya bonguldoshlarda (Apiaceae) oziqlanadi. Urg‘ochilari o‘rgimchaklarni (Aranei) ovlaydi, ularni falajlab, nam loydan yasalgan inchalarga joylashtiradi va ulardan biriga tuxum qo‘yadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maqsadlarida suvga yaqin cho‘l qo‘riqlarini o‘zlashtirish, xususan haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Nurota qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, hayot tarzi va sonini mukammal o‘rganish lozim.
Manbalar: [8, 29, 36, 66, 127]. D.B. Daminova
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009