← Umurtqasizlar
Berg hipanisi
Umurtqasizlar

Berg hipanisi

Hypanis vitrea
Maqomi 1 (EN) — Yo‘qolish arafasida

Hypanis vitrea (Eichwald, 1838)

ssp. bergi Starobogatov, 1974

Maqomi:1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan endemik lokal kenja tur.

Tarqalishi: Orol dengizining janubiy va gʼarbiy qismlari. Oʼzbekistondan tashqarida: Kaspiy dengizida -boshqa kenja turlar.

Yashash joylari: Qirgʼoqlardagi sayoz joylarning toza suvlari. Suv tubidagi yumshoq loylarni afzal koʼradi.

Soni: Bir nechta topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Bir necha yil yashaydi. Lichinkasi suv qatlamida ohista koʼchib yuradi. Bakteriyalar va mikrosuvoʼtlari bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi va ovlanadigan baliqlarning ozuqasi.

Cheklovchi omillar: Orol dengizi suvining shoʼrlanishi va sathining kamayishi.

Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari: Shoʼr suvli koʼllarga koʼchirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, kenja tur yashaydigan joylarni muhofaza qilish lozim.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009