← Sudralib yuruvchilar
Qum bo‘g‘ma iloni Qum bo‘g‘ma iloni Qum bo‘g‘ma iloni
Sudralib yuruvchilar
Yangi

Qum bo‘g‘ma iloni

Eryx miliaris
Maqomi 3 (NT) — Kamyob
NT — Near Threatened (IUCN xalqaro toifasi)

Eryx miliaris (Pallas, 1773)

Maqomi: 3 (NT): Zaifga yaqin, mozaik tarqalgan tur.

Tarqalishi: Ustyurt platosi, Qizilqum cho‘li hamda unga yondosh Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Zarafshon vodiysining hududlari. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Turkmaniston. Sharqiy Kavkazoldi, Qalmig‘istonda – boshqa kenja turi.

Yashash joylari: Asosan qum sahrolardagi o‘ydim-chuqur qumloqlarda yashaydi. Baʼzan sertuproq cho‘llarda, taqirlarda, jarlik yonbag‘irlarida va sug‘orma yerlar chetida ham uchratish mumkin.

Soni: 1950 yillarda Buxoro viloyatidagi (Shofirkon o‘rmon xo‘jaligi) lokal populyatsiyalarida uch soatlik yo‘lda 20 tagacha qayd qilingan. Hozirgi vaqtda soni keskin kamayib ketmoqda.

Yashash tarzi: Aprel oyidan oktyabr oyi gacha faol hayot kechiradi. Yilning issiq paytlarida tungi hayot tarzida yashashga o‘tadi. Kemiruvchilar inidan boshpana sifatida foydalanadi, shuning uchun ko‘pincha qumsichqonlar iniga joylashib oladi. Mart oyining oxirida juftlashadi. Iyun-iyul oyida urg‘ochi ilon uzunligi 12-14 sm bo‘lgan 4-10 ta naslni dunyoga keltiradi. Kaltakesaklar, kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Yerlarning xo‘jalik maqsadida o‘zlashtirilishi, brakonyerlik, eksport uchun haddan tashqari ko‘p ovlanishi.

Ko‘paytirish: Qum bo‘g‘ma ilonini tutqunlikda muvaf fa qiyatli ko‘pay tirish mumkin.

Muhofaza choralari: Qizilqum qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim. SITES ning II Ilovasiga kiritilgan.

Manbalar: [2, 7, 9, 12, 13, 86, 91]. T.V. Abduraupov

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009