← Qushlar
Jingalak saqoqush
Qushlar

Jingalak saqoqush

Pelecanus crispus
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Pelecanus crispus Bruch, 1832

Maqomi: 2(VU) Zaif, qisqarib borayotgan, uchib o`tuvchi tur. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [LR- cd].

Tarqalishi: Amudaryo va Zarafshonning quyi oqimlari, Sirdaryoning o`rta oqimi (uyalash); O`zbekistonning markaziy va janubiy qismlari (uchib o`tish, qishlash). 

O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyoning boshqa mamlakatlari, Qozog`iston, Sharqiy Evropaning janubi (uyalash); o`arbiy Osiyo, Hindiston (qishlash).

Yashash joylari: Yirik tekis- lik suv havzalari.

Soni:1960-yillarda Janubiy Orolbo`yida uchrashi odatiy edi, hozirda ko`pgina yashash joylarida yo`q bo`lib ketgan. 250 juftigacha (dunyo populyatsiyasining 5-6 %) uyalaydi, bir necha o`ntasi qishlaydi, uchib o`tishda mingtagacha bo`ladi.

Yashash tarziBahorgi uchib o`tishi-mart-aprelda. Qamishli to`qaylarda koloniya bo`lib uyalaydi; aprel-mayda 2-3 ta tuxum qo`yadi va 30-32 kun bosib yotadi.Poloponlari iyun-avgustda ucha boshlaydi. Uyalashdan so`ng ko`chadi(avgust-sentyabr). Kuzgi uchib o`tishi-sentyabr-noyabrda, qishlashi-noyabrdan fevralgacha. Baliqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Orol dengizi havzasida suv rejimining o`zgarishi bilan yashash joylari- ning emirilishi. Brakonerlik, koloniyalarining vayron bo`lishi.

Ko`paytirish: Dunyoning ko`plab hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari:Ovlash taqiqlangan. Buyurtmaxonalarda uyalashda (Sudoche k.), ko`chish, uchib o`tish va qishlashda (Tuzkon, Qoraqir, Dengizko`l k.) muhofaza qilinadi. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan.


«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009