Grus leucogeranus Pallas, 1773
Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [CR].
Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari.
Oʼzbekistondan tashqarida: Gʼarbiy (Ob d. quyi qismi) va Sharqiy Sibir shimoli (uyalash); Eron, Hindiston, Xitoy (qishlash).
Yashash joylari. Daryo va koʼllar qirgʼoqlari.
Soni: Yoʼq boʼlib borayotgan Ob populyatsiyasining (20 ta) bir necha donasigina (baʼzan kulrang turna galasida) uchib oʼtadi. Dunyodagi populyatsiyasi (3 mingtacha) keskin kamayib bormoqda.
Yashash tarzi: Kuzgi uchib oʼtishi - oktyabrda, bahorgisi - mart-aprelda. Suv umurtqasizlari va oʼtlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Aniqlanmagan.
Koʼpaytirish: Rossiya, Germaniya, AQSh parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. SITES ning I-Ilovasiga kiritil
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009