← Qushlar
Katta uzunburun Katta uzunburun Katta uzunburun
Qushlar
Yangi

Katta uzunburun

Numenius arquata
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Numenius arquata (Linnaeus, 1758)

ssp. orientalis

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, soni kamayib borayotgan uchib o‘tuvchi tur. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan [NT].

Tarqalishi: Tekislik va tog‘oldi suv havzalari (uchib o‘tish). O‘zbekistondan tashqarida: Markaziy Yevropadan to Baykalortigacha Yevroosiyoning o‘rmon va cho‘l hududlari (uyalash), O‘rta Yer dengizi, Afrika, Old va Janubiy Osiyo (qishlash).

Yashash joylari: Qirg‘oq bo‘ylarining botqoqlashgan joylari va tekislik suv havzalarining sayozliklari. Qizilqum cho‘li ustidan ham uchib o‘tadi.

Soni: Doim kam sonli bo‘lgan. O‘tmishda uchib o‘tish mavsumida 3-15 tadan iborat galalar hosil qilgan bo‘lsa, hozirda sanoqli uchraydi. So‘nggi 15 yilda dunyodagi populyatsiyasi soni 20-30 % ga qisqarib ketgani taxmin qilinadi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib o‘tishi – mart-may oylarida, kuzgisi – avgust-oktyabr oyi da. Baʼzan ayrimlari yozni ham shu yerda o‘tkazadi. Suvda yashovchi umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi. 268 268

Cheklovchi omillar: Uyalash arealida, ko‘chish yo‘lida va qishlash joylarida dov-daraxtlar kesilishi, botqoqlar quritilishi, qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va boshqalar natijasida yashash joylarining qisqarishi hamda o‘zgarishi, asosiy to‘xtash joylari o‘zgarishi, ovlash.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. «Sudochye ko‘llar tizimi» davlat buyurt ma qo‘riqxonasida, Qoraqir, Tuzkon va Dengizko‘l buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan. Bonn konvensiyasining II Ilovasiga kiritilgan.

Manbalar: [57, 87, 128, 191-193, 200].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009