← Qushlar
To‘xta tuvaloq
Qushlar

To‘xta tuvaloq

Otis tarda
Maqomi 1 (CR) — Yo‘qolish arafasida

Otis tarda Linnaeus, 1758

ssp. tarda Linnaeus, 1758

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasidagi uchib oʼtuvchi yevropa kenja turi. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Ustyurt yassi tekisligi (uchib oʼtish); Janubi- sharqiy Qizilqum, Zarafshon d. vohasi, Surxondaryo, Sherobod daryolarning quyi qismlari (uchib oʼtish, oʼtmishda - qishlash); Mirzachoʼl va Dalvarzin choʼli, Nurota t. etaklari (uchib oʼtish, oʼtmishda - uyalash). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Yevropa, Shimoliy Afrika, Qozogʼiston, Gʼarbiy Sibir janubi (uyalash); Gʼarbiy Osiyo (uyalash, qishlash); Turkmaniston, Tojikiston (qishlash). Sharqiy Sibir janubi, Moʼgʼuliston, Primorye (uyalash); Koreya, Xitoyda (qishlash) - boshqa kenja turi.

Yashash joylari: Togʼ etaklaridagi ser oʼtli tekisliklar, yarim choʼllar, bedazorlar.

Soni: Oʼtmishda uyalashi kam, qishlashi odatiy boʼlgan, hozirda uyalamaydi va qishlamaydi; yakka holda va kichik guruh (11 tagacha) boʼlib uchib oʼtadi.

Yashash tarzi:  Bahorgi uchib oʼtishi - mart-aprelda. Aprel-mayda yerga 2-3 tuxum qoʼyadi va 21-28 kun bosib yotadi; poloponlari iyun-oʼtishi - oktyabr-noyabrda.

Cheklovchi omillar: Yarim choʼl zonalarida qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi natijasida yashash joylarining yoʼq boʼlib ketishi.

Koʼpaytirish: Yevropa parvarishxonalarida koʼpaytiriladi.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009