← Umurtqasizlar
Hisor arvohkapalagi (Acosmeryx naga)
Umurtqasizlar

Hisor arvohkapalagi (Acosmeryx naga)

Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
Maqomi 2(VU:R): Janubi-Sharqiy Paleartika turining zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Janubiy Turkiston kenja turi. Tarqalishi Omonqo‘ton q. atrofi, Jinnidaryo, Soyg‘us (Zarafshon t.), To‘palangdaryo, Sangardak (Hisor t.) vohalari. Oʻzbekistondan tashqarida: Tojikiston. Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Koreya va Yaponiyada – boshqa kenja turi. Yashash joylari Tog‘ (D.s.b. 1100-1600 m) vodiylarining daraxt va butali chakalakzorlari. Soni Hamma joyda kam. Oʻzbekistonda bir necha topilmalar orqali maʼlum. Yashash tarzi Yiliga bir marta to‘la va bir marta qisman nasl beradi. Birinchi uchishi va tuxum qo‘yishi – aprel–mayda (tunlari), ikkinchisi – avgust–sentyabrda. Qurtlari yovvoyi tokda (Vitis vinifera), baʼzan madaniy tokzorlarda (Ampelopsis vitifolia) iyuniyul va sentyabr–noyabrda rivojlanadi. Tuproqning yuqori qatlamida o‘ta nam joylarda g‘umbakka aylanadi. Gʻumbaklarning birinchi nasli qisman va ikkinchi nasli to‘liq qishlaydi. Cheklovchi omillar Daraxt va butalarning kesib tashlanishi, ozuqa o‘simligining yo‘q qilinishi. Ko‘payish xolati Ko‘paytirilmagan. Muhovaza choralari Kitob qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009