← Umurtqasizlar
Quyoshli gipermnestra Quyoshli gipermnestra Quyoshli gipermnestra
Umurtqasizlar
Yangi

Quyoshli gipermnestra

Hypermnestra helios
Maqomi 3 (NT) — Kamyob
NT — Near Threatened (IUCN xalqaro toifasi)

Hypermnestra helios Nickerl, 1846

Maqomi: 3 (NT): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Eron-Turon turi.

Tarqalishi: Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax viloyatlari. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Janubiy Qozog‘iston, Qirg‘iziston.

Yashash joylari: Suv omborlari, ko‘l va kanallar (to‘qay tekislik joylari va oazislari).

Soni: Tarqalishi turlicha. Hududlarda tarqalish zichligi 1 kv.metrda 0,03, maksimum 0,1 donagacha. Yetuk shakllarining maksimal soni aprel may oylarida kuzatiladi.

Yashash tarzi: Bir yilda bitta nasl beradi, may–iyun oylarida tuxum qo‘yadi. Imagolari mayda, qurti iyun–iyulning boshlarida chiqadi. G‘umbakli pillalari tuproqda bo‘ladi. Odatda, yilda 1 marta, kamdan-kam hollarda 4 qishgacha qishlaydi. Urg‘ochilari 50 tagacha tuxum qo‘yadi.

Cheklovchi omillar: Xo‘jalik faoliyatlari natijasida: to‘qay o‘rmonlarining yo‘q qilinishi, yerlarning haydalishi va h.k.

Ko‘paytirish: Tajribalarda tasdiqlangan.

Muhofaza choralari: Quyi Amudaryo biosfera rezervatida muhofazaga olingan.

Manbalar: [41, 98, 113, 118]. D.B. Daminova

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009