← Ziradoshlar
Yelena kovragi
Ziradoshlar
Yangi

Yelena kovragi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Ferula helenae Rakhm. et Melibaev

Maqomi: 2. Nurota oldi qoldiq tog‘larida (Baliqlitog‘, Egarbelistog‘) o‘sadigan kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik monokarp o‘simlik. Ildizi silindrsimon, ildiz bo‘g‘zi qurigan barglarning ko‘p sonli tolalari bilan qoplangan. Poyasining balandligi 60–70 sm, mustahkam, ingichka, yuqoridan shoxlanuvchi, bo‘g‘inidan bir nechta shox hosil qiladi. Barglari oqish-ko‘kimtir qalin dag‘al tuklar bilan qoplangan: to‘pbarglari kalta, mustahkam, qalin bandli, yaproqlari keng rombsimon, murakkab patsimon. Poyadagi barglarining yaproqlari juda qisqa. Soyaboni ikki xil. Mevasi kuchli hidga ega. May oyida gullab, iyunda yetiladi.

Tarqalishi: Jizzax viloyati: Nurota oldi qoldiq tog‘lari (Baliqlitog‘, Egarbelistog‘)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tosh-shag‘alli va toshli qoyalarda tarqalgan.

Soni: Tabiatda yakka-yakka holda o‘sadi. Bir nechta joylarda o‘sishi aniqlangan.

Ko‘payishi: Urug‘i orqali ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tabiiy o‘sib turgan joylarining buzilishi va ko‘plab mol boqilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Bu haqida maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [141, 159, 237]. A. R. Batoshev.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009