← Sudralib yuruvchilar
To‘rt yo‘lli chipor ilon
Sudralib yuruvchilar

To‘rt yo‘lli chipor ilon

Elaphe quatuorlineata
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
Elaphe quatuorlineata (Lacepede, 1789)
ssp. sauromates (Pallas, 1814)
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob arealining chetida,lokal tarqalgan tur.
Tarqalishi: Ustyurt yassi tekisligi, Orol dengizidagi Vozrojdenie yarimoroli. 
O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston Turkmaniston, Kavkaz, Kavkazoldi, Ukraina, Moldova, Kichik Osiyo, Bolgariya va Ruminiya.
Yashash joylari. Mustahkamlangan qum va tuproqli cho`l hududlari, saksovul va shuvoqlar qoplagan 
o`tasho`rlangan erlar; ko`pincha katta qumsichqon koloniyalarida 
Soni: O`zbekistonda doimo kam uchragan: sanoqli zotlari orqali ma`lum. Vozrojdenie yarimorolida 2007-2009 yillar kuzgi-kuzgi davrda 10 tasi hisobga olingan.
Yashash tarzi: Aprel-oktyabr oylari faol, daraxt kovaklarida, toshlar tagida, tuproq yoriqlarida,kemiruvchilar inlarida berkinadi va shu erda qishlaydi ham. May oyida juftlashadi. Iyun-iyulda 4-16 ta tuxum qo`yadi. Bolasi tuxumdan sentyabr-oktyabrning boshida chiqadi. Kemiruvchilar, qushlar va ularning tuxumlari, ba`zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Erlarning o`zlashtirilishi, aholi tomonidan o`ldirilishi.
Ko`paytirish: Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Ishlab chiqilmagan. Yashash joylarini muhofaza ostiga olish zarur.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009