← Qushlar
Torg‘oq
Qushlar

Torg‘oq

Chettusia gregaria
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Chettusia gregaria (Pallas, 1771) 

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [CR].

Tarqalishi: Janubiy Orolboʼyi, Kattaqoʼrgʼon va Chordara s.o., Aydarkoʼl, Sirdaryoning oʼrta oqimi (uchib oʼtish). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Ukraina, Rossiya gʼarbi, Qozogʼistonning dasht hududlari (uyalash); Shimoliy Afrika, Hindiston, Pokiston, Eron (qishlash).

Yashash joylari: Tekisliklardagi suv havzalarining koʼpincha botqoqlashgan qirgʼoqlari.

Soni:  Doimo kam boʼlgan. 1970-1980-yillarda mayda galalar (10-20) boʼlib uchib oʼtishi qayd etilar edi; hozirda esa yakka holda yoki mayda guruh (3-5) boʼlib uchib oʼtadi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - fevral-aprelda, kuzgisi - iyul-oktyabrda. Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Janubiy Orolboʼyida suv rejimining oʼzgarishi va Qozog‘iston cho‘llarini oʼzlashtirilishi oqibatida yashash joylarining buzilishi.

Koʼpaytirish:  Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. Sudoche, Tuzkon k. buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009