← Qushlar
Qirg‘iy burgut
Qushlar

Qirg‘iy burgut

Hieraaetus fasciatus
Maqomi 1 (CR) — Yo‘qolish arafasida

Hieraaetus fasciatus (Vieillot, 1822)

ssp. fasciatus (Vieillot, 1822)

Maqomi. 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan uchib oʼtuvchi shimoliy yoki nominal kenja tur.

Tarqalishi: Qizilqum (koʼchish, oʼtmishda - uyalash), Hisor, Nurota, Oloy t., Zarafshon d. qayiri, Toshkent sh. atroflari (ilgari uyalagan, koʼchib oʼtgan boʼlishi mumkin). 

Oʼzbekistondan tashqarida: Janubiy Yevroosiyo, Shimoliy Afrika. Oʼrta va Janubiy Afrika, Indoneziyada - boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Qoldiq togʼ va togʼ etaklaridagi qoyaliklar.

Soni: Doimo kam boʼlgan. Qizilqumdagi qoldiq togʼlarda topil gan sanoqli uyalari maʼlum. Ehtimol Kattaqoʼrgʼon va Sherobod atroflarida ham boʼlgan. XX asr boshidan 1960-yillargacha 20 ga yaqin koʼchmanchi zoti qayd etilgan. Hozirda uyalamay qoʼygan. 1980-1990-yy. janubi-gʼarbiy Qizilqumda koʼchib yuruvchi 4 donasi hisobga olingan ("Jayron" ekomarkazi, Qarnabchoʼl). ponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Qushlar (kaklik, qirgʼovul, kaptar, chil) bilan oziqlanadi. 

Cheklovchi omillar: Qoʼriq yerlarning oʼzlashtirilishi; inson tomonidan taʼqib qilinishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralariJOvlash taqiqlangan. SITES ning II-Ilovasiga kiritilgan.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009