Aythya nyroca (Gueldenstaedt, 1770)
Maqomi: 3(NT): Zaifga yaqin, uchib oʼtuvchi tur. TMXI Qizil roʼyxatiga kiritilgan [NT].
Tarqalishi: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon d. suv havzalari (uyalash, uchib oʼtish, qishlash).
Oʼzbekistondan tashqarida: Sharqiy Yevropa janubi, Sibir janubi, Xitoy (Sinjon), Moʼgʼuliston (uyalash), oʼarbiy Yevropa janubi, Shimoliy Afrika, Eron, Pokiston, Hindiston (qishlash).
Yashash joylari. Suv oʼsimliklari gʼuj boʼlib oʼsgan tekislikdagi yirik suv havzalari.
Soni: 1960-yillarda Amudaryo va Sirdaryo havzalarida uchrashi odatiy edi, hozirda soni keskin kamayib ketgan. 3-4 ming donasi
uyalaydi, ayrim yillari 7 mingga yaqini qishlaydi.
Yashash tarzi: Bahorgi uchib oʼtishi - fevral-martda; qirgʼoq boʼyidagi qamishzorlarda yerga in quradi; may-iyunda 6-12 ta tuxum qoʼyadi va 24-25 kun bosib yotadi. Poloponlari avgust-sentyabrda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʼtishi - sentyabr-oktyabrda, qishlashi - noyabrdan fevralgacha. Suv oʼsimliklari va suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Amudaryova Sirdaryo havzalarida suv rejimining oʼzgarishi oqibatida yashash joylarining yoʼqotilishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish: Yevropa parvarishxonalari va hayvonot bogʼlarida koʼpaytiriladi.
Muhofaza choralari:Sudochye, Dengizkoʼl, Qoraqir, Tuzkon k. buyurtmaxonalarida muhofaza qilinadi.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009