← Umurtqasizlar
Tog‘sevar Lestiforus Tog‘sevar Lestiforus Tog‘sevar Lestiforus
Umurtqasizlar
Yangi

Tog‘sevar Lestiforus

Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Montainthrive Digger Wasp

Maqomi: 2 (VU:R): Turkistonning zaif, tabiatan kam yob, lokal tarqalgan endemik turi.

Tarqalishi: G‘arbiy Tyan-Shan, G‘arbiy Pomir-Oloy tog‘lari. O‘zbekistondan tash qarida: Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston.

Yashash joylari: Past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning dasht va o‘tloqli qo‘riq hududlari.

Soni: Hamma joyda kam. Yakka nusxalari uchraydi.

Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – iyun–avgustda, turli o‘simliklarning gullarida, asosan sutlamadoshlarda (Euphorbiaceae) va soyabonguldoshlarda (Apiaceae) oziqlanadi. Urg‘ochilari saratonlarni (Cicadinea) ovlaydi, ularni falajlab, yerda kovlangan iniga joylashtiradi, so‘ng biriga tuxumini qo‘yadi.

Cheklovchi omillar: Tog‘oldi cho‘lqo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, yerlarni haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish lozim.

Manbalar: [33, 36, 71, 122, 123, 130]. V.L. Kazenas

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009