← Qushlar
Katta veretennik Katta veretennik Katta veretennik
Qushlar
Yangi

Katta veretennik

Limosa limosa
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Limosa limosa (Linnaeus, 1758)

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, soni qisqarib borayotgan uchib o‘tuvchi tur. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan [NT].

Tarqalishi: Tekislik suv havzalari (uchib o‘tish). O‘zbekistondan tashqarida: Yevroosiyoning o‘rmon va cho‘l hududlari (uyalash), O‘rta Yer dengizi, Afrika, Hindiston, Hindixitoy, Avstraliya (qishlash).

Yashash joylari: Qirg‘oq bo‘ylarining botqoqlashgan joylari va tekislik suv havzalarining sayozliklari.

Soni: Kam sonli tur. Sharqiy Orolbo‘yida o‘tgan asrning boshida yirik galalari uchragan. Hozirgi vaqtda Buxoro mintaqasida muntazam ravishda 50 tagacha qushdan iborat galalar qayd qilinadi. G‘arbiy va Markaziy Osiyo populyatsiyasi 25-100 ming atrofida. Dunyodagi populyatsiyasi ancha keng va ko‘p bo‘lishiga qaramay, ayni paytda lokal darajada keskin kamayib bormoqda. Oxirgi 15 yil ichida 14 % dan 33% gacha qisqarib ketgani taxmin qilinadi.

Yashash tarzi: Bahorgi uchib o‘tishi – aprel-may oyining boshida, kuzgisi – iyulsentyabr oyida. Baʼzan yoz paytida ham yakka- 266 266 yakka holda uchraydi. Sayoz suv havzalarida umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Uyalash areali, ko‘chish yo‘llari va qishlash joylarida tabiiy yashash muhitining o‘zgarishi va kamayib ketganligi.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Ovlash taqiqlangan. «Sudochye ko‘llar tizimi» davlat buyurtma qo‘riqxonasida, Qoraqir va Dengizko‘l buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan.

Manbalar: [87, 128, 192, 193, 200]. Ye.N. Lanovenko, N.N. Azimov

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009