← Umurtqasizlar
Fedchenko yirtqichchasi
Umurtqasizlar

Fedchenko yirtqichchasi

Reduvius fedtschenkianus
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Reduvius fedtschenkianus Oshanin, 1871

Maqomi: 2(VU:R) Zaif, tabiatan kamyob endemik tur.

Tarqalishi: Buxoro, Samarkand, Jizzax, Qashqadaryo vil. va Fargʼona vodiysining choʼllarida yashaydi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston.

Yashash joylari: Choʼllarning mustahkamlashgan qum tuproqli massivlari. Kemiruvchilar va toshbaqalarning uyalarida yashaydi.

Soni: Hamma joyda kam. Oʼzbekistonda kam topilmalar orqapi maʼlum.

Yashash tarzi: Rivojlanish davri ikki yil. Voyaga yetgan hasharotlar aprel-may oylarida oqshom paytida harakatchan boʼlishadi va mayda boʼgʼimoyoqlilar bilan oziqlanadi. Lichinkalari va voyaga yetmaganlari mayda chang yoki qum ichiga burkalib oladilar.

Cheklovchi omillar: Yarimchoʼl va togʼ etaklaridagi boʼz yerlarning xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan, haydash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009