Talabalar ko‘chasi 1, Ijtimoiy fanlar fakulteti info@ecoedu.uz

Keyslar banki

Har bir keysga interaktiv laboratoriya biriktirilgan: o‘quvchilar avval modelda tajriba qiladi, so‘ng mavzuni muhokama qiladi.

  1. Transport harakati va yoqilg’i sifati bilan bog’liq keyslar: Avtomobillar uchun sifatsiz yoqilg’i turlarini cheklash – bu yerda shahar havosi bilan birgalikda iste’molchi omilini ham unutmaslik lozim. O’quvchilar bunga har taraflama yondashib mavzuni muhokama qiladilar.

    Interaktiv laboratoriya: «Shahar havosi: transport va yoqilg‘i» →

  2. Qish mavsumida tabiiy gaz bosimining pasayishi bilan sifatsiz yoqilg’idan foydalanib uylarni isitish muammosi – bunda toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir, o’tin va boshqa yoqilg’i turlarini yoqish bilan birga havoni ifloslovchi rezina va boshqa maxsulotlardan foydalanish muhokama qilinishi mumkin.

    Interaktiv laboratoriya: «Qishda uyni isitish» →

  3. Shaharda qurilish ko’payishi bilan “yashil zonalar” kamayishi, daraxtlar kesilishi muammolari – ekologik vaziyatning keskinlashuvi, aholi soni ko’payishi, uning sog’lig’I bilan bog’liq muammolar va urbanizatsiya masalalarini qamrab olgan ushbu mavzu keng muhokama qilinishi mumkin.

    Interaktiv laboratoriya: «Yashil shahar» →

  4. “Harorat inversiyasi” jarayonida qanday ehtiyot choralari ko’rish zaruriyati – havo tarkibidagi PM2,5 zarralaridan himoya vositalari, havoning kimyoviy, fizik xossalari haqidagi ma’lumotlar, shamollar haqidagi ma’lumotlar muhokama qilinadi.

    Interaktiv laboratoriya: «Harorat inversiyasi» →

  5. Havoning ifloslanish sabab – oqibatlari tahlili. Havo harakati, havoni ifloslovchi omillar, havoni tozalash, ozon qatlamini yemirilishini to’xtatish, barqarorlik uchun qanday choralar ko’rilishi muhokama qilinadi.

    Interaktiv sxema: «Havo ifloslanishi: sabab va oqibat» →