Xunuk poliz ekinlari yoki mevalarni sotib olish orqali foydali maxsulotlarni chiqindiga chiqib ketishini oldini oling

Xunuk poliz ekinlari yoki mevalarni sotib olish orqali foydali maxsulotlarni chiqindiga chiqib ketishini oldini oling. Yevropa bozorlarida shunday maxsulotlar borki, ular chiroyli maxsulotlardan bir ozgina farq qiladi – ya’ni “xunukroq”. Bunday sabzavot va poliz ekinlari, mevalar ko‘p hollarda shunchaki chirib ketadi yoki chiqindixonalarga tashlanadi. Bozor yoki supermarketlardan meva sabzavotlar sotib olayotgan vaqtda eng saralarini chiroylilarini olishga harakat qilamiz. Lekin hunukrok meva-sabzavotlar ham ta’m borasida chiroylilaridan qolishmaydi.

Fransiyada “BeneBono” kompaniyasi fermer xo‘jaliklaridan shu kabi “xunuk” meva-sabzavotlarni sotib olib “chiroyli” larga nisbatan 40% gacha arzon narxga sotishni yo‘lga qo‘ygan kompaniyalardan biridir. Fransiyada har kuni jami tayyorlangan yeguliklarning 20 % ga yaqin qismi tashlanib yuborishi haqida ma’lumotlar keltiriladi. 2016 yildan boshlab tayyor yeguliklarni tashlab yubormasdan hayr-exson qilish, ehtiyojmandlarga berish yo‘lga qo‘yila boshlandi.

Yer shari bizniki – resurslar ham bizniki. Ko‘r-ko‘rona resurslarni isrof qilish va uvoldan ehtiyot bo‘laylik.