Tungi ovchi ukki Quyi Amudaryo rezervatida fotoqopqonga tushdi
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatidagi fotoqopqon ukkini suratga oldi. Suratlarni ekologiya idorasi eʼlon qildi.
Ukki
- Boyo‘g‘lilar oilasining eng yirik vakili, og‘irligi 2,1–3,2 kilogramm.
- Asosan tunda faol.
- Kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi, baʼzan o‘zidan katta jonivorga ham hujum qiladi.
- Ko‘pincha tog‘li joylarda uya quradi.
Quyi Amudaryo rezervati
Rezervat Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi qarori bilan tashkil etilgan. U Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlarida joylashgan. Bu yerda sutemizuvchilarning 38 turi, qushlarning 246 turi, sudralib yuruvchilarning 29 turi, amfibiyalarning 2 turi va baliqlarning 43 turi qayd etilgan. 38 tasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga, 18 tasi xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritilgan.
Saytda: Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati.
ManbaEkologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (gov.uz), 2025-yil 14-may.
RasmEcoEdu arxividan, Quyi Amudaryo rezervati (ukki suratlari manbada).