Hisor qo‘riqxonasida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

Hisor qo‘riqxonasida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

Hisor davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon ilvirsni, yaʼni qor qoplonini suratga oldi. Suratni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi eʼlon qildi.

Soni

Dunyoda yovvoyi tabiatda 2 700 tadan 3 400 tagacha qor qoploni qolgan deb hisoblanadi. Hisor qo‘riqxonasida ularning 57–59 tasi yashaydi. Ilvirs Oʻzbekiston Qizil kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxatiga yo‘qolib ketish arafasidagi tur sifatida kiritilgan, CITES konvensiyasi bilan ham himoyalanadi.

Hayot tarzi

  • Asosan tunda faol, kunduzi g‘orlarda va qoyalar orasida dam oladi.
  • Faslga qarab tog‘ning yuqorisiga yoki pastiga ko‘chadi: yovvoyi tog‘ echkilari va qo‘ylarining ortidan yuradi.
  • Urg‘ochisi taxminan ikki yilda bir marta, ko‘pincha iyun oyida bolalaydi.
  • 21 yilgacha yashaydi.

Hisor qo‘riqxonasi

Qo‘riqxona 1983-yilda tashkil etilgan. U Qashqadaryo viloyatida, Hisor tizmasining janubiy qismida, dengiz sathidan 1 750 metrdan 4 349 metrgacha bo‘lgan balandlikda joylashgan. Bu yerda 276 turdagi hayvon qayd etilgan, sakkiztasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Saytda: ilvirs (Qizil kitob bo‘limi), Hisor qo‘riqxonasi.

ManbaEkologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (gov.uz), 2025-yil 20-may.

RasmEcoEdu Qizil kitob bo‘limidan (fotoqopqon surati manbada).