1-aprel — Xalqaro qushlar kuni: Oʻzbekistonning qushlar uchun muhim beshta suvligi

1-aprel — Xalqaro qushlar kuni: Oʻzbekistonning qushlar uchun muhim beshta suvligi

1-aprel — Xalqaro qushlar kuni. Shu munosabat bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mamlakatdagi qushlar uchun muhim suv-botqoq hududlari haqida maʼlumot berdi.

Suv-botqoq hududlari

Ko‘l, suv ombori va botqoqliklarda qushlar uya quradi, qishlaydi, uzoq uchish paytida dam oladi. Bu yerlarda qizilg‘oz (pushti flamingo), saqoqushlar va boshqa noyob qushlar uchraydi.

Ramsar ro‘yxatidagi beshta hudud

Xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq hududlari Ramsar ro‘yxatiga kiritiladi. Oʻzbekistondan unda beshta hudud bor:

  • Dengizko‘l ko‘li (2001-yildan);
  • Arnasoy ko‘llar tizimi (2008-yildan);
  • To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari (2020-yildan);
  • Sudochye ko‘li (2023-yildan);
  • Jiltirbas ko‘llari (2024-yildan).

Xavflar

Yashash joylarining yo‘qolishi, ifloslanish va noqonuniy ov ko‘plab turlarga xavf solmoqda. Qo‘mita noyob qushlar kuzatib borilayotganini va muhofaza etiladigan hududlar kengaytirilayotganini maʼlum qildi.

Qushlarga yordam

  • Qishda donxo‘rak osing va unga don solib turing.
  • Qush uyalariga tegmang, jo‘jalarni qo‘lga olmang.
  • Suv bo‘yida chiqindi qoldirmang.

ManbaEkologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (gov.uz), 2025-yil 1-aprel.

RasmEcoEdu Qizil kitob bo‘limidan.