Mushuklar haqida

Mushuklar haqida

2013-yilda AQSh olimlari mushuklarning yovvoyi tabiatga taʼsirini hisoblab chiqdi: faqat AQShning o‘zida mushuklar har yili 1,3 dan 4 milliardgacha qush va 6 dan 22 milliardgacha mayda sutemizuvchini (sichqon, dala sichqoni, quyon bolalari) ovlaydi. Zararning asosiy qismi egasiz, ko‘chada yashovchi mushuklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Olimlar fikricha, dunyo bo‘yicha mushuklar, asosan orollarda, 60 dan ortiq qush, sutemizuvchi va sudralib yuruvchi turlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun uy mushugini ko‘chaga qo‘yib yubormaslik tavsiya etiladi.