Krossovkalar haqida
1993-yilda Nike kompaniyasi «Reuse-A-Shoe» dasturini boshladi: turli mamlakatlarda eski sport poyabzallarini yig‘ish qutilari qo‘yildi. Yig‘ilgan krossovkalar maydalanib, «Nike Grind» deb ataluvchi material olinadi.
Undan stadionlardagi yugurish yo‘laklari, futbol va basketbol maydonchalari, bolalar maydonchalarining yumshoq qoplamalari tayyorlanadi, yangi poyabzal va kiyimlarga ham qo‘shiladi. Shu tariqa millionlab juft eski poyabzal axlatxonaga tushishdan qutqarilgan.