Chiqindilar haqida
Shvetsiya boshqa mamlakatlardan chiqindi olib kelishini bilasizmi? Mamlakatdagi chiqindini yoqib energiya oladigan zavodlarga o‘z chiqindisi yetmaydi, shuning uchun Shvetsiya Norvegiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan har yili yuz minglab tonna chiqindi qabul qiladi — buning uchun o‘zi pul ham oladi. Bu chiqindilar yoqilib, uylarni isitish uchun issiqlik va elektr energiyasi olinadi.
Shvetsiyada maishiy chiqindilarning qariyb uchdan biri qayta ishlanadi, deyarli yarmidan energiya olinadi, poligonga esa 1 foizdan ham kami ko‘miladi.