Bergenia ugamica V.N. Pavlov
Maqomi: 2. G‘arbiy Tyan-Shanga xos kamyob, relikt tur.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 30 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Ildizpoyasi va poyasi yo‘g‘on. Yopirma barglari bandli, qalin, uzunligi 15 sm gacha, eni 13 sm, chetlari kungurali yoki qo‘shaloq tishli. To‘pguli zich ro‘vak-qalqonsimon, bezchasimon tukli. Gullari to‘q pushti rangli. Changchilari 10 ta. Ustunchasi 2 ta. Iyul–avgust oylarida gullab, mevasi avgustda yetiladi.
Tarqalishi: Toshkent viloyati: Ugom va Piskom tizmalarida tarqalgan. Qozog‘istonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Dengiz sathidan 2300–2500 m balandlikda qoyalarning yoriqlarida o‘sadi.
Soni: Tabiatda kichik to‘plar hosil qilib uchraydi.
Ko‘payishi: Maʼlumotlar yo‘q.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida muhofaza qilinadi. Manbalar. [19, 27, 159].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009