← Semizdoshlar
Qo‘ng‘iroqgulli soxtasemizak
Semizdoshlar
Yangi

Qo‘ng‘iroqgulli soxtasemizak

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Pseudosedum campanuliflorum Boriss.

Maqomi: 2. Turkiston va Qurama tog‘ tizmalarining kamyob endemik o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 10–15 sm, tik ildizli, poyalari serbarg ko‘p yillik o‘simlik. Barglari qalami, uzunligi 1–1,5 sm, eni 1–1,5 mm. Gulto‘dasi soyabonli to‘pgul. Gulyonbarglari cho‘ziq – tuxumsimon. Gullari qisqa bandli, uzunligi 8–9 mm. Gultoji qo‘ng‘iroqsimon, pushtirang. Aprel–may oylarida gullab, may oyida urug‘ hosil qiladi.

Tarqalishi: Jizzax viloyati: Turkiston tizmasi, Jizzax shahri atroflari (Molguzar tizmasining «Temur darvoza» darasi) va Qurama tizmalari (Qashqasoy)da tarqalgan. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston (Qurama tizmasi va Mo‘g‘iltog‘).

O‘sish sharoiti: Toshli yonbag‘irlar, tog‘ning pastki qismidagi qoyalar.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan. Chorva mollarining muntazam boqilishi, yo‘l qurilishi oqibatida kamayib ketgan bo‘lishi mumkin.

Madaniylashtirilishi: Madaniylashtirilmagan.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [254, 289]. O. Q. Hojimatov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009