← Semizdoshlar
Hisor badani
Semizdoshlar
Yangi

Hisor badani

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Bergenia hissarica Boriss.

Maqomi: 2. Hisor tizmasiga xos kamyob, relikt, endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 20 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Yopirma barglari yirik, teskari-tuxumsimon, to‘mtoq, chetlari qattiq kipriksimon tukli. Ildizpoyasi yo‘g‘on. Poyasi yer bag‘irlab o‘sadi, deyarli bargsiz. To‘pgullari yoyiq. Tojbarglari oq rangli, yirik, yumaloq. Urug‘i mayda. May–iyun oylarida gullaydi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasida To‘palang daryosi havzasi (Tamshush)da, Mush va Hurvatan qishloqlari oralig‘ida, Shotrut daryosining To‘palang daryosiga quyilish yerida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘lardagi qoyalarning yoriqlarida va toshli tik yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘paysa kerak.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollari tomonidan isteʼmol qilinishi, o‘ziga xos sharoitda o‘sganligi uchun ham kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Alohida muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [19, 27, 159].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009