Barbus brachycephalus Kessler, 1872
ssp. brachycephalus Kessler, 1872
Maqomi. 1(EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, lokal tarqalgan Orol endemik kenja turi.
Tarqalishi. Amudaryoning quyi va oʼrta oqimlari. Ilgari Orol dengizi va Sirdaryoda ham boʼlgan. Qashqadaryo va Zarafshonning quyi qismi suv havzalariga ham oʼtgan.
Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston. Kaspiy dengizi havzasida - boshqa kenja turi.
Yashash joylari. Daryoning chuqurligi 2-4 m, tubi qumli va toshloq boʼlgan joylari. Loyqa oqar suvlarda, kamdankam hollarda oqmas suv havzalarida yashaydi.
Soni .Ilgari barcha joylarda koʼp boʼlgan, keyingi oʼn yillar ichida keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi. Oʼtkinchi baliq. 7¬8 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi aprelning oxirlaridan to avgustgacha. Serpushtliligi - 180-900 ming uvildiriq atrofida. Suv hasharotlarining lichinkalari, mollyuskalar, oʼsimliklarning meva va urugʼlari bilan ovqatlanadi.
Cheklovchi omillar. Daryo oqimining sunʼiy tartiblanishi natijasida Orol dengizi hamda unga quyiladigan daryolarning tabiiy suv rejimining oʼzgarishi (suv sathining pasayishi va shoʼrlanishi) va suvining iflosla- nishi; koʼpayish sharoitlarining yomonlashishi, brakonerlik.
Koʼpaytirish. Mumkin.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Badaytoʼqay, Qizilqum va Surxon qoʼriqxonalarida muhofaza qilinadi. Turni koʼpaytirishni tashkil qilish, yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilish lozim.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009